Londonda shahzoda Filippga yodgorlik o‘rnatiladi 

Olam

image

London markazida qirolicha Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, shahzoda Filippga yodgorlik o‘rnatiladi. Bu haqda "Telegraph" xabar bermoqda.  

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yodgorlik Mall ko‘chasidagi Bukingem saroyi yaqinida joylashtirilishi mumkin. 

Ta’kidlanganidek, parlament a’zolari ushbu tashabbusni allaqachon ma’qullagan. 

Hozirda Bosh vazir Boris Jonsonning ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. 

"Edinburg gersogi o‘z hayotini mamlakat va qirolichaga xizmat qilishga bag‘ishladi. Yodgorlik minnatdorchilik ramziga aylangan bo‘lar edi", degan Leyboristlar partiyasi vakili. 

Bundan tashqari, loyihani moliyalashtirish qisman ixtiyoriy xayriya mablag‘larini o‘z ichiga olishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning eri, Edinburg gersogi Filipp 99 yoshida vafot etdi. 

Ma’lumot o‘rnida, shahzoda Filippning dafn marosimi 17 aprel kuni o‘tkaziladi. 

Jamoat marosimga kirish huquqiga ega bo‘lmaydi, ammo dafn marosimi televizor orqali namoyish etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

shahzoda Filipp

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing