Shahzoda Charlz Britaniya Ukrainaning “yonida turishi”ga va’da berdi 

Olam

image

Buyuk Britaniya hukumati dunyoda demokratiyani himoya qilishda va Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Britaniya taxti vorisi shahzoda Charlz Birlashgan Qirollik parlamentining yangi sessiyasi ochilishida taxtdan so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.  

“Ushbu og‘ir damlarda Janobi Oliylari hukumati dunyoda demokratiya va erkinlikni himoya qilish, jumladan, Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashda davom etishda yetakchi rol o‘ynaydi”, degan shahzoda Charlz. 

Taxtdan nutq so‘zlash an’anaga ko‘ra hukumat tomonidan tayyorlanadi va unda kelgusi parlament yili uchun ustuvor vazifalar aks ettiriladi. 

Ma’lumot o‘rnida, shahzoda Charlz onasi, 96 yoshli qirolicha Yelizaveta II o‘rniga nutq so‘zladi. Qirolicha bu yil sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli parlamentda so‘zga chiqa olmadi. Shunday qilib, bu yil hukmronligining 70 yilligini nishonlayotgan monarx 59 yil ichida birinchi marta parlament ochilishida ishtirok etmadi. Shahzoda Charlzga qonun chiqaruvchi organda uning o‘g‘li, taxt uchun vorislikka uchinchi o‘rinda turgan shahzoda Uilyam hamrohlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Britaniya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing