“Shahzoda” Hamid O‘zbekistonga keladi

Sport

image

Britaniyalik bokschi, WBO,IBF,WBC va IBO yo‘nalishi bo‘yicha yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Nasim Hamid O‘zbekistonga keladigan bo‘ldi. Bu haqda Butunjahon boks konfederatsiyasi (WBC) o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Tezligi, aniq zarbalari va jang vaktida raqsga tushishi bilan tanilgan Hamid Toshkentda WBC'ning 61-konvensiyasi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, 49 yoshli Nasim Hamid profboksga 1992 yilda qadam qo‘ygan. Profringda umumiy 37 ta jang o‘tkazib, 36 tasida raqiblaridan ustun kelgan. 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Xamid 2002 yilda professional faoliyatini yakunlagan. Hamid janglari haqiqiy shouga aylanib ketgani va hatto mashg‘ulotlarda ham raqsga tushgani uchun “Shahzoda” laqabini olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WBC prezidenti Maurisio Sulaymon 8 noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonga yetib kelgani haqida xabar berilgandi. WBC'ning 60 yillik yubileyi doirasidagi tadbirlarda bir qator boks yulduzlari va blogerlar qatnashishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Maurisio Sulaymon Butunjahon boks konfederatsiyasi Nasim Hamid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing