WBC prezidenti Toshkentga keldi (video)
Sport
−
08 noyabr 2023 5525 1 daqiqa
Butunjahon boks konfederatsiyasi (WBC) rahbari meksikalik Maurisio Suleyman ilk bor 12-17 noyabr kunlari Toshkent shahri mezbonlik qiladigan WBC'ning yillik 61-konvensiyasi munosabati bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maurisio Suleymanni Toshkent xalqaro aeroportida Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakat professional boks federatsiyasi mutasaddilari kutib oldi.
“Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning yillik konvensiyasi ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etilmoqda. Darvoqe, bu yil WBC tashkil topganiga roppa-rosa 60 yil bo‘ldi. Tashkilotning yubiley tadbiri ham aynan yurtimizda o‘tkaziladi”, deyiladi manba xabarida.
Ta’kidlash joiz, yubiley tadbiri doirasida boks yulduzlari ham O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi. Undan tashqari 17 noyabr kuni “Humo arena”da o‘zbekistonlik professional bokschilar ishtirokida janglar tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Butunjahon boks ittifoqi 61-konvensiyasi munosabati bilan britaniyalik taniqli bokschi, WBC chempioni Tayson Fyuri ham Toshkentga kelishi xabar qilingandi. Boks afsonasining O‘zbekistonga tashrifini WBC ham o‘z rasmiy saytida tasdiqladi.