“Lo‘lilar Qiroli” Toshkentga keladi 

Sport

image

Yaqindagina Saudiyaning Ar-Riyod shahrida faoliyatidagi navbatdagi g‘alabaga erishgan britaniyalik og‘ir vaznli bokschi Tayson Fyuri Toshkentga keladigan bo‘ldi. Bu haqda  O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Fyuri ham 12-17 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Butunjahon boks konfederatsiyasining (WBC) yillik Konvensiyasi doirasida mehmon bo‘ladi.

Britaniyalik bokschi superog‘ir vazn toifasida amaldagi WBC chempioni hisoblanadi. Boks afsonasining O‘zbekistonga tashrifini WBC ham o‘z rasmiy saytida tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Tayson Fyuri professional boksdagi faoliyati davomida 35 g‘alaba (24 nokaut) va 1 durang qayd etgan. Ilk jangini 2008 yilning dekabrida vengriyalik Bel Dendeshiga qarshi o‘tkazib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan. U dunyoga “Lo‘lilar Qiroli” laqabi bilan tanilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fyuridan tashqari, Mayk Tayson, Evander Xolifild, Vasiliy Lomachenko, Amirxon, Konstantin Szyu va boshqa bir qator jahon boksi yulduzlari O‘zbekistonga kelishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson Evander Xolifild Tayson F'yuri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing