Xalokov profboksda o‘z uslubidan voz kechadimi?

Sport

image

Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Toshkentda Butunjahon boks konfederatsiyasi (WBC) tashkilotining nufuzli yillik konvensiyasi bo‘lib o‘tadi. 17 noyabr kuni esa “Humo arena”da o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokida janglar o‘tkaziladi.

Jumladan havaskor boksda jahon va Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Abdumalik Xalokov ham aynan Toshkent mezbonligidagi turnirda profboksdagi debyutini amalga oshiradi. O‘sha kuni Xalokovga ukrainalik Aleksandr Yegorov raqiblik qiladi.

QALAMPIR.UZ profboksdagi debyuti oldidan Xalokovning tayyorgarlik jarayoniga qiziqdi.

“Tayyorgarlik yaxshi o‘tmoqda. Hozirda zarbalarni kuchaytirish ustida ishlayapman. Hozircha hayajon yo‘q hayajon jangdan oldin bo‘lishi mumkin bu esa men uchun oddiy hol”, deydi Xalokov.

Shuningdek, sportchi profboksda havaskordagi kabi ochiq va hujumkor jang qilish-qilmasligiga ham izoh berdi.

“Uslubimni o‘zgartirmayman, chunki shu uslubim boks ishqibozlarga yoqadi. Bu haqda o‘ylab ko‘rganim ham yo‘q”, deydi jahon chempioni.

Ta’kidlash joiz, 17 noyabr kuni boks musobaqasida Xalokovdan tashqari, Mirazizbek Mirzaxalilov, Qudratillo Abduqahhorov va Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Abdumalik Xalokov Butunjahon boks konfederatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing