Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

WBC qozog‘istonlik sobiq sportchini qahramonligi uchun unvon bilan taqdirladi

Sport

image

Qozog‘istonlik sobiq sportchi Musa Abdurayim Jahon boks kengashi (WBC) tomonidan “Yer yuzidagi eng jasur inson” unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, 7 mart kuni Olmaotadagi aeroportning ichki reyslar terminalida xavfli hodisa yuz bergandi. Noma’lum shaxs yo‘lovchi sifatida ichkariga kirgan. Aeroport xavfsizlik xodimi undan hujjat so‘ragan. lekin kutilmaganda noma’lum fuqaro ayol xodimning sochidan tortib, unga pichoq bilan bilan tahdid qila boshladi. Bu paytda qozog‘istonlik sobiq sportchi Musa Abdurayim voqeaga aralashib, jinoyatchining qo‘lidagi pichoqni tortib oldi va uni zararsizlantirdi.

“Men uzoqdan qichqiriq ovozini eshitdim va o‘sha tomon yugurdim. Erkak ayolning sochidan tortib, pichoq bilan tahdid qilayotganini ko‘rdim va uni qutqarishga harakat qildim. O‘sha paytda agar u mening qizim bo‘lganida-chi, deb o‘yladim. Keyin esa burchimni bajardim”, deydi Abdurayim.

Jahon boks kengashi uning jasoratini yuqori baholab, bu harakat yaxshilik va birdamlikning asl namunasi ekanini ta’kidladi. 

Ma’lumot o‘rnida, 52 yoshli Musa Abdurayim sportchilik faoliyati davomida MMA, kikboks va muay-tay bilan shug‘ullangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WBC prezidenti Maurisio Sulaymon Musa Abdurayimni “WBC Tinchlik elchisi” etib tayinlagan edi. Shuningdek, Qozog‘iston rahbari Qosim Jomart To‘qayev mazkur ekstremal vaziyatda ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi uchun Musa Sayranbayuli Abdurayimni “Mardligi uchun” medali bilan taqdirlagandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

WBC Maurisio Sulaymon Musa Abdurayim Jahon boks kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing