Shahrisabzda arxitektura bo‘limi mutaxassisi 700 dollar pora olayotganda qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
19 iyun 2020
8475Shahrisabz tuman arxitektura va qurilish bo‘limi mutaxassisi 700 dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashri xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro O.R.ning arizasi bo‘yicha viloyat huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tadbir davomida tuman arxitektura bo‘limi mutaxassisi F.J. tanishi, Shahrisabz shahridagi “Yangi hayot” MFYda yashovchi Z.N. bilan birgalikda fuqaro O.R.ga tegishli dehqon xo‘jaligi yer maydonidagi tovuqxona binosini buzmaslik va sudga da’vo arizasi kiritmaslik evaziga 700 AQSH dollari so‘raydi. U pullarni olgan vaqtida qo‘lga olindi.
“Mazur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi