Shahrisabz aeroporti ham qayta ochildi
Jamiyat
−
26 mart
2594Bugun, 26 mart kuni Shahrisabz aeroporti ikki haftalik tanaffusdan so‘ng muntazam yo‘lovchi qatnovlarini qabul qilishni boshladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, havo qatnovini US721 reysi ochgan. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:17 da Shahrisabz aeroportiga qo‘ngan.
Ma’lumot uchun, 13 mart kuni Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15 mart kuni 2 yil oldin yopilgan Andijon aeroporti qayta ochilgandi.
LiveBarchasi