Shahram G‘iyosovning amerikalik yengilmas bilan jangi tasdiqlandi
Sport
−
25 may 2023
12293O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov shu yilning 17 iyun kuni WBA eliminator jangida ishtirok etadigan bo‘ldi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
G‘iyosovga amerikalik yengilmas bokschi Xarold Kalderon raqiblik qiladi. Ushbu jangda g‘alaba qozongan sportchi WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi. G‘iyosov – Kalderon to‘qnashuvi AQSHning Luiziana shahridagi “Smoothie King Center” arenasida o‘tkaziladi.
“Jangim 17 iyun kuni AQSHda bo‘lib o‘tadi. Raqibim amerikalik yengilmas sportchi. Nasib qilsa, uni mag‘lub qilganimdan keyin chempionlik jangiga bir qadam qoladi", deydi G‘iyosov.
Malumot uchun, amerikalik Xarold Kalderon profboksda 27 ta jang o‘tkazib, barcha to‘qnashuvlarda raqiblaridan ustun kelgan. G‘iyosov esa professional boksda 13 ta jang o‘tkazib, g‘alabaga erishgan.