Shahram G‘iyosov profboksdagi 16-g‘alabasiga erishdi
Sport
−
01 avgust
8213Bugun, 1 avgust tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov Isroil Madrimov va Terens Krouford o‘rtasidagi to‘qnashuvning anderkardida navbatdagi jangini o‘tkazib, mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirdi.
AQSHning Santa Monika shahrida kechgan 10 raundlik jangda G‘iyosov meksikalik Migel Parrani ochkolar hisobiga ko‘ra taslim etdi. Hakamlarning ikki nafari Shahram (96:93, 95:94), yana biri raqibning g‘alaba (95:94) qozonganini qayd etdi.
Shunday qilib, 30 yoshli Parra faoliyatidagi 5-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi, G‘iyosov esa 16-g‘alabasini tantana qildi.
Qayd etish joiz, “Riyadh Season” tashkilotchilari tomonidan o‘tkazilayotgan turnirning asosiy kardi 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Markaziy jangda o‘zbekistonlik Isroil Madrimov amerikalik Terens Kroufordga qarshi WBA kamari, birinchi o‘rta vaznda vakant bo‘lib turgan WBO kamari uchun jang qiladi.
LiveBarchasi