Shahobiddinning ketidan Miraziz ham finalga yo‘l oldi
Sport
−
20 Sentabr 2019 3352 1 daqiqa
Rossining Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining yarim final bellashuvlari O‘zbekiston terma jamosi uchun muvaffaqiyatli davom etadi. 57 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik Miraziz Mirzahalilov yarim final jangini o‘tkazdi.
Mo‘g‘ulistonlik Senbatar Erdenebatga qarshi ringga ko‘tarilgan vakilimiz yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Miraziz oltin medal uchun kechadigan jangda kubalik Lasaro Alvaresga qarshi bahs olib boradi.
Avvalroq,O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan 69 kilogramm vazn toifasida Bobousmon Baturov bronza medaliga sazovor bo‘lgani haqida xabar qilgandik.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr