Bobousmon bronzaga ega chiqdi
Sport
−
20 Sentabr 2019 3016 1 daqiqa
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan 69 kilogramm vazn toifasida Bobousmon Baturov JCH yarim finalida angliyalik Pet Makkormakga qarshi jang qildi.
Ming afsuski bu bahsda Bobousmon kichik farq bilan imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Baturov jahon chempionatida bronza medaliga ega bo‘ldi
Avvalroq, chempionatning yarim final bellashuvlarida 52 kilogramm vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov terma jamoa vakillaridan birinchi bo‘lib finalga chiqqani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr