Shahobiddin Zoirov terma jamoaning asosiy tarkibiga qaytmoqda
Sport
−
16 iyul 2019
4384Joriy yilning 20-27 iyul kunlari Taylandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Jahonning yetakchi mamlakatlaridan tashrif buyuradigan charm qo‘lqop ustalari qatori O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu turnirda deyarli asosiy tarkib bilan ishtirok etadi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Reglamentga ko‘ra, unda erkaklar o‘rtasida 8 ta, ayollar o‘rtasida 6 ta vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi. Ta’kidlash joiz, musobaqada eski vazn toifalari amal qiladi. Unda 14 nafar bokschi ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan.
E’tiborlisi, ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan taniqli o‘zbek bokschisi -52 kg vazn toifasida ushbu musobaqada ishtirok etadi. U bu vaznda Rio-2016 olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Oxirgi Osiyo chempionatida -52 kg vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini Hasanboy Do‘smatov himoya qilib, chorak finalgacha yetib borgan edi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishing:
Erkaklar:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-52 kg: Shahobiddin Zoirov
-56 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Shukurjon Rahimov
-69 kg: Iqboljon Xoldarov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
Ayollar:
-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva
-51 kg: Sitora Shodgarova
-57 kg: Mahliyo Habibullayeva
-60 kg: Yodgoroy Mirzayeva
-69 kg: Maftunaxon Meyliyeva
-75 kg: Mavluda Mavlonova
O‘zbekistonlik bokschilar 17 iyul kuni Tayland safariga jo‘nab ketishadi.
LiveBarchasi