Bugun Prezident O‘zbekiston terma jamoasini JCHga kuzatib qo‘yadi
Jamiyat
−
09:58 4173 1 daqiqa
Bugun, 22 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev "Sifatli davlat boshqaruvi" dasturining g‘oliblarini mukofotlash hamda Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimlarida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Kunning ikkinchi yarmida davlat rahbari futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga tantanali kuzatish marosimida ishtirok etadi.
Live
Barchasi