Shahobiddin Zoirov profi ringdagi debyut jangini o‘tkazdi

Sport

image

Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov professional ringdagi ilk jangini o‘tkazdi.

Dubay shahridagi "Dubai’s Emirates Golf Club" arenasida tashkil etilgan ushbu jangda o‘zbekistonlik bokschiga indoneziyalik Antoni Xolt raqiblik qildi. 6 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. 

Shahobiddin Zoirov jangniing 19-soniyasidayoq raqibini nokautga uchratdi va professional boksdagi debyut jangini mana shunday ajoyib g‘alaba bilan boshladi. Shahobiddin dunyoga mashhur “MTK Global” promouterlik kompaniyasining mijozi hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, bu bahs indoneziyalik bokschi uchun faoliyatidagi 11-jang bo‘ldi. Bungacha u 5 ta g‘alaba (3 ta nokaut), 4 ta mag‘lubiyat (2 ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgandi. U bugun 5-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

professional boks

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing