Bahodir Jalolov qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
Sport
−
07 Oktabr 13839 1 daqiqa
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Rossiyadagi professional boks kechasida jang o‘tkazib, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Kecha, 6 oktyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “IBA Pro 10” turnirining markaziy jangida superog‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov rossiyalik Vitaliy Kuduxov bilan to‘qnash keldi.
Jalolov uchun qiyin kechgan sakkiz raundlik jangda o‘zbekistonlik bokschi Kuduxovdan ustun keldi va ochkolar bo‘yicha g‘alabaga erishdi – 77–73, 77–74, 78–72.
Bahodir Jalolov professional boks doirasida 16 ta jang o‘tkazdi va ularning barchasida zafar quchdi. Bokschi mazkur g‘alabalarning 14 tasida muddatidan oldin raqibini mag‘lubiyatga uchratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Jalolovning AQSHda 26 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jangi bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Inomjonov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr