Shahnoza Mirziyoyeva Osiyo ordeni bilan taqdirlandi
Sport
−
11 dekabr 7325 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, World Aquatics Byurosi a’zosi Shahnoza Mirziyoyeva tenglik, inklyuziya hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, ular o‘rtasida parasportni targ‘ib qilish yo‘lidagi xizmatlari uchun Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining Osiyo ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayt etish joizki, Shahnoza Mirziyoyevaning tashabbusi bilan O‘zbekistonda Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etilgan.
Shuningdek, Shahnoza Mirziyoyeva Osiyo miqyosida ham parasportni rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida hamkorlik va inklyuziv sport dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Uning tashabbuslari tufayli mintaqada adaptiv sport infratuzilmasi rivojlanib, ko‘plab yosh sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga og‘ir hayotiy vaziyat sababli kambag‘allikka tushib qolishi xavfi yuqori bo‘lgan oilalarni oldindan aniqlab, ularga manzilli yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish ustidan nazorat hamda viloyat hokimlari bilan uning ijrosini tashkil qilish vazifasi yuklatilgandi.