Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan e’tirof etildi
Sport
−
09 mart 2370 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Paralimpiya harakati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mutaxassis sifatida e’tirof etildi.
Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi bayram munosabati bilan 3 nafar ayol mutaxassisni e’tirof etdi. Ushbu e’tirofga sazovor bo‘lganlar qatoridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ham o‘rin oldi.
Mazkur e’tirof Shahnoza Mirziyoyevaning Paralimpiya harakatini rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv sport muhitini kengaytirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatining xalqaro miqyosda ham yuqori baholanayotganini tasdig‘i hisoblandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahnoza Mirziyoyeva tenglik, inklyuziya hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, ular o‘rtasida parasportni targ‘ib qilish yo‘lidagi xizmatlari uchun Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining Osiyo ordeni bilan taqdirlangandi.
Live
Barchasi