Shahar, haykal, endi navbat... Turkmanistonda yana bir “Arqadag‘” paydo bo‘ladi
Olam
−
31 mart 2023 13145 1 daqiqa
Turkmaniston Televideniye, radioeshittirish va kinematografiya davlat qo‘mitasi tarkibida yangi “Arqadag‘” telekanali paydo bo‘ladi. Tegishli farmonni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov imzolagan. Bu haqda “Turkmenportal” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi telekanalni ishga tushirish to‘g‘risidagi qaror Turkmaniston televideniyesi samaradorligini oshirish, Televideniye, radioeshittirish va kinematografiya davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.
“Arqadag‘” telekanali 2023 yilning sentyabridan kuniga 15 soatdan efirga uzatila boshlashi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, “Arqadag‘” Turkmanistonning sobiq prezidenti, amaldagi davlat rahbarining otasi, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga berilgan unvon hisoblanadi. Ayni paytda Turkmanistonning Axal viloyatida yangi ma’muriy markaz sifatida shu nomdagi shahar ham bunyod etilmoqda. Yangi shaharning ochilishi shu yil yozda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Taxminan 70 ming kishi istiqomat qiladigan yangi ma’muriy markaz Ashxoboddan 30 km janubi-g‘arbda joylashgan 950 gektar maydonda qurilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Arqadag‘ shahrini qurish 2019 yilda boshlangan edi. Joriy yilning fevral oyida esa shaharda “Arqadag‘” haykali ochilgandi. 24 mart kuni esa shaharga poytaxt Ashxobodda ham yo‘q bo‘lgan davlat ahamiyatiga ega shahar maqomi berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr