Turkmanistonda Arqadag‘ shahriga poytaxtda ham yo‘q maqom berildi

Olam

image

Turkmanistonda barpo etilayotgan yangi Arkadag‘ shahri davlat ahamiyatiga ega shahar maqomini oldi. Bu haqda bugun, 24 mart kuni “Neytralniy Turkmenistan” rasmiy gazetasi tomonidan chop etilgan “Arqadag‘ shahri to‘g‘risida”gi qonunda aytilgan.

“Arkadag‘ shahriga davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan shahar uchun alohida huquqiy maqom berildi. Arkadag‘ shahrining huquqiy maqomi Turkmaniston Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Qonun va Turkmanistonning boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilanadi”, deyiladi hujjatda.

Ta’kidlanishicha, Turkmaniston Konstitutsiyasiga ko‘ra, hatto mamlakat bosh qonunida poytaxt sifatida ko‘rsatilgan Ashxobod shahri ham davlat ahamiyatiga ega emas.

Qayd etilishicha, shaharning huquqiy maqomi uning ma’muriy-hududiy birlik sifatidagi alohida ahamiyatiga muvofiq belgilab qo‘yilib, mamlakat muvaffaqiyatlari, shuningdek, uni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini namoyish etadi. Ushbu maqomning o‘ziga xos xususiyatlari hujjatda ko‘rsatilmagan.

Ma’lumot uchun, Turkmaniston poytaxtidan 30 km uzoqlikda joylashgan Arkadag‘ shahrining qurilishi 2019 yilda turkman xalqi milliy yetakchisi, Xalq Maslaxati (Xalq kengashi) raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashabbusi bilan boshlangan. Arkadag‘ aqlli shahar tizimi asosida boshqarilishi va Turkmanistonda bunday turdagi birinchi ob’ektga aylanishi rejalashtirilgan. Shaharda ekologik toza transport, aqlli avtoturargoh, quyosh batareyalari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Arqadag‘ shahrida Turkmaniston milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga “Arqadag‘” haykali o‘rnatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Ashxobod Arkadag'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing