Toşkent va Aşxobod örtasida muntazam aviaqatnovlar yölga qöyilişi mumkin

O‘zbekiston

−

image

Toşkent–Aşxobod–Toşkent yönalişida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyi Özbekiston va Turkmaniston örtasida çegaradoş hududlar aholisi uçun 3 sutkalik vizasiz qatnov tiklanişi mumkin. Bu masala bugun, 18 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev va Turkmanistonning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elçisi Şodurdi Meredov örtasidagi uçraşuvda muhokama qilindi.

Qayd etilişiça, muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, transport-logistika aloqalarini rivojlantiriş, xalqaro yuk taşuvlarini yengillaştiriş va çegara ötkaziş punktlari faoliyatini takomillaştiriş masalalari qayd etilgan.

Xususan, Toşkent–Aşxobod–Toşkent yönalişida muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyiş hamda çegaradoş hududlar aholisining 2004 yilgi hukumatlararo bitim doirasida nazarda tutilgan uç sutkagaça vizasiz qatnovini tiklaş masalalari muhokama qilingan.

Konsullik sohasida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, vakolatli idoralar örtasida axborot almaşinuvini takomillaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşilgan. 

Uçraşuv yakunida tomonlar muhokama qilingan masalalarni tegişli idoralar bilan birgalikda işlab çiqiş va amaliy hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing