Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi ko‘rgazmaga bordi
Jamiyat
−
19:51 738 1 daqiqa
Bugun, 21 oktyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasiga bordi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Ashxobodda tashkil etilgan “ONA. Ona tabiat” ko‘rgazmasi menda juda iliq taassurot qoldirdi”, deydi Saida Mirziyoyeva.



Uning bildirishicha, ijodkorlar san’at orqali muhim bir g‘oyani aks ettirgan: tabiat ham xuddi munis onalardek mehrga, g‘amxo‘rlik va ehtiromga loyiq. Bu tuyg‘uni, bunday munosabatni farzandlar ongiga ham singdirish juda muhim.

“Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi xayriya jamg‘armasi hamda Haydar Aliyev jamg‘armasini ushbu ajoyib ko‘rgazmaning ochilishi bilan tabriklayman. Ezgu va ibratli tashabbus uchun rahmat!” deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.





Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Turkmanistonning Ashxobod shahrida G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi vitse-prezidenti Oguljahon Atabayeva hamda Haydar Aliyev jamg‘armasi vitse-prezidenti Laylo Aliyeva bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi