“Arqadag‘”ga yangi haykal qo‘yildi

Olam

image

Turkmaniston milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga Axal viloyatining yangi ma’muriy markazi “Arqadag‘” shahridagi markaziy bog‘da “Arqadag‘” haykali o‘rnatildi. Bu haqda bugun, 3 fevral kuni “Neytralniy Turkmenistan” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yodgorlikning umumiy balandligi 43 metrni tashkil etadi. Turkman xalqi milliy yetakchisi sharafiga o‘rnatilgan 11 metrlik haykaltaroshlik kompozitsiyasi bug‘doy boshoqlari bilan bezatilgan ustun ustida joylashgan. Yodgorlik poyida diametri 65 m bo‘lgan favvora o‘rnatilgan.

Manbaga ko‘ra, yodgorlik muallifi Turkmaniston xalq rassomi Saragt Babayev bo‘lib, u avvalroq “Arqadag‘”ning oldingi haykalini ham ishlab chiqqan edi. Unda Berdimuhamedovning Axaltek otini minayotgani tasvirlangan. U 24 karatli oltin barg bilan qoplangan bronzadan yasalgan va 2015 yilda Ashxobod markazida ochilgan.

Ma’lumot uchun, Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2010 yildan beri “Arqadag‘” unvoniga ega. Uning tashabbusi bilan 2019 yilda Turkmaniston poytaxtidan 30 km uzoqlikda Axal viloyatining yangi ma’muriy markazi qurilishi boshlangan. O‘tgan yilning oxirida shaharga “Arqadag‘” nomi berilgan. Yangi shahar mamlakatning yana bir yirik biznes va sarmoya markaziga aylanishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 yanvarida respublika prezidenti Serdar Berdimuhamedov sobiq prezidentni mamlakat milliy yetakchisi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni imzolagan edi.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“Arqadag'”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar