“Andijon” 5-o‘yinda ham durang o‘ynadi

Sport

image

Kecha, 26 noyabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 2-uruh bosqichi 5-turida “Andijon” o‘z maydonida Turkmanistonning “Arqadag‘” klubini qabul qildi. Akmal Shorahmedov shogirdlari 5-turda ham durang qayd etdi. O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga kelib mezbonlar turnirdagi birinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 63-daqiqada Ismoil Akinadening goli bilan “Andijon”ni hisobda oldinga olib chiqdi.  Oradan 5 daqiqa o‘tib, 68-daqiqada Didar Durdiyev hisobni tenglashtirdi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

“Yutishni juda xohlagandik. Futbolchilar ham buni rosa istashgandi. Shunga yarasha harakat qildik. “Al-Ahli” va boshqa jamoalar ham  “Arqadag‘” bilan o‘yinlarda qiynalyapti. Himoyada juda zich o‘ynaydi. Yorib o‘tish qiyin. Lekin men o‘yindan qoniqdim. Kiyim almashtirish xonasida ham aytdim. Ayniqsa, menga ikkinchi taymdagi o‘yin yoqdi. Deyarli Turkmaniston terma jamoasi bilan o‘ynab, oxirida raqibni yotib olib va to‘pni tepib yuborayotgan holatlarini ko‘rish men uchun yoqimli bo‘ldi. Yigitlarga rahmat”, deydi Akmal Shorahmedov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Bu natijadan so‘ng, “Andijon” 5 ochko jamg‘arib, guruhda uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “Arkadag‘”esa  4 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi turda “Andijon” “Al-Ahli” maydoniga safar qiladi. Turkmaniston jamoasi esa “Al Holidiya” klubini qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Arqadag'” “Andijon” Osiyo Chempionlar Ligasi 2 5-tur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing