SHHT sammitiga kelganlar Samarqandda koronavirusga test topshiradi
Salomatlik
−
13 Sentabr 2022
5779Joriy yilning 15-16 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun kelayotgan delegatsiyalarning har bir a’zosi Samarqand shahridagi mehmonxonalarga joylashishidan oldin koronavirusga qarshi PZR test topshiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, SHHT sammiti mehmonlariga zaruriy tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun "1303" qisqa raqamli Sall-markaz xorijiy tillarda xizmat ko‘rsatadi.
“Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida mamlakatimizga tashrif buyuradigan chet ellik rasmiy delegatsiya vakillari va mehmonlarga zarur holatlarda sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Samarqand shahrida tunu kun faoliyat ko‘rsatuvchi "1303" qisqa raqamli Sall-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bu yerda mutaxassislar tomonidan ingliz, rus va xitoy kabi xorijiy tillarda tibbiy murojaatlar qabul qilinadi”, deyiladi SSV xabarida.
Shuningdek, zarurat tug‘ilganda, tarkibida deyarli barcha ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar jamlangan 50 ta tibbiy brigada SHHT sammiti delegatsiyalari a’zolariga xizmat ko‘rsatish uchun shay holatga keltirilgan.
Bundan tashqari, har bir delegatsiya vakillaridan Samarqand shahridagi mehmonxonalarga joylashishidan oldin koronavirusga qarshi PZR testlari olinadi.
Shu maqsadda sammit ishtirokchilari va mehmonlar joylashadigan mehmonxonalarning har birida tibbiy mobil guruhlar tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shayxay hamkorlik tashkilotining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston delegatlari ishtirok etadi.
LiveBarchasi