SHHT sammitida yetakchilar nimalarga kelishdi?
Olam
−
01 Sentabr 5925 3 daqiqa
Bugun, 1 sentyabr kuni Xitoyning Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisi doirasida 20 ta hujjat imzolandi.
Bular quyidagilar:
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining Tyanszin deklaratsiyasi;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilish yakunlari bo‘yicha mazkur hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori:
- Shanxay hamkorlik tashkilotini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti hududida 2026–2030 yillarda ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurashish bo‘yicha a’zo davlatlarning hamkorlik dasturi;
- 2030 yilgacha davrda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida energetika hamkorligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
- Laos Xalq-Demokratik Respublikasiga Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish to‘g‘risidagi qaror;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi huzurida kuzatuvchi maqomi berish to‘g‘risidagi qaror;
- “Shanxay hamkorlik tashkilotining hamkori” maqomi to‘g‘risidagi qaror;
- Qirg‘iz Respublikasining Cholpon-Ota shahrini 2025–2026 yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotining sayyohlik va madaniy poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining hujjatlarni imzolash vakolati to‘g‘risidagi qaror:
- 2004 yil 17 iyunda imzolangan “Shanxay hamkorlik tashkiloti va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida SHHT kotibiyatining Xitoy Xalq Respublikasida faoliyat yuritish shartlari to‘g‘risidagi bitim”ga protokol;
- Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyati va “Roskongress” fondi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
- Shanxay hamkorlik tashkilotining o‘tgan yildagi faoliyati haqidagi hisobotlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror:
- Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibining tashkilot faoliyati haqidagi hisoboti;
- 2024 yilda SHHT Mintaqaviy terrorizmga qarshi tuzilmasi faoliyati haqidagi hisobot;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida SHHTning Narkotiklarga qarshi markazi to‘g‘risidagi bitim;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida xavfsizlikka tahdid va chaqiriqlarga qarshi kurashish bo‘yicha Universal markaz to‘g‘risidagi bitim;
- Ikkinchi jahon urushi tugaganiga va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining bayonoti;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi bayonoti;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining barqaror energetika rivoji to‘g‘risidagi bayonoti;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining “yashil” sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonoti;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining sun’iy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risidagi bayonoti;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining ko‘p tomonlama savdo tizimini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bayonoti;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining global narkotiklar muammosini samarali hal etish va unga qarshi kurashish to‘g‘risidagi bayonoti;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining ilmiy-texnikaviy va innovatsion hamkorlik to‘g‘risidagi bayonoti;
- Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning vakolatli vazirlik va idoralari rahbarlarining barqaror rivojlanish sohasida investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi bayonoti;
- 2004 yil 17 iyunda imzolangan “Shanxay hamkorlik tashkiloti va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida SHHT kotibiyatining Xitoy Xalq Respublikasida faoliyat yuritish shartlari to‘g‘risidagi bitim”ga protokol.
Ma’lumot uchun, SHHT sammiti 31 avgustdan 1 sentyabrgacha Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda 20 dan ortiq davlat rahbarlari va 10 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Sammit yakunida hamkorlik bo‘yicha 15 ta yangi hujjat imzolandi. SHHT 2001 yil 15 iyunda Shanxayda tashkil topgan. Dastlab u oltita davlat – Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, 2017 yilda Hindiston va Pokiston, 2023 yilda Eron, 2024 yilda Belarus tashkilotga a’zo bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr