SHHT Samarqanddagi sammitda kengayadi
Olam
−
11 iyul 2022
13520Eron joriy yil Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga qabul qilinadi. SHHTning Samarqandda o‘tkaziladigan sammitida Islom Respublikasining tashkilot a’zosi sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risida memorandum imzolanadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Moskvaga safari chog‘ida aytib o‘tdi.
“Bu yil O‘zbekiston raisligi doirasida Eron SHHTga kuzatuvchi davlat sifatida qabul qilinadi... Samarqandda Eronning SHHT a’zosi sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum ham imzolanadi”, degan Norov.
Ma’lumot uchun, SHHT 2001 yilda tashkil etilgan. Ungacha tuzilma 1996 yildan “Shanxay beshligi” deb atalgan. Tashkilotga O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston va Pokiston to‘laqonli a’zo hisoblanadi. Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat maqomiga ega.
LiveBarchasi