SHHT Davlat rahbarlari 4 iyul kuni Eronni tashkilotga qabul qilishni rejalashtirmoqda – Lavrov
Olam
−
30 iyun 2023
4764Eronning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to‘liq miqyosda qabul qilinishi va Belarusning SHHTga a’zo bo‘lish majburiyati to‘g‘risidagi memorandumni imzolashi joriy yilning 4 iyul kuni tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari kengashida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov SHHT Xalq diplomatiyasi milliy markazi taqdimotida so‘z ochdi.
“4 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Eronning to‘liq a’zoligi rasmiylashtiriladi va Belarus tomonidan majburiyat memorandumi imzolanadi. Shu bilan Eronning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish tartibini ham boshlanadi”, degan Rossiya TIV rahbari.
Shuningdek, Lavrov tashkilot yangi muloqot hamkorlarini ham olqishlayotganiga ishora qilgan. Uning aytishicha, bundan buyon SHHT makoni ham yangi a’zolar, ham muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar hisobga olinib, Yevropa va Yaqin Sharqdan Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyogacha cho‘ziladi.
“Albatta, manfaatdor davlatlarning qo‘shimcha arizalarini ko‘rib chiqish davom etmoqda”, deya xulosa qilgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri.
Ma’lumot uchun, SHHT 2001 yil 15 iyunda Shanxayda tashkil topgan. Hozirda tashkilot sakkizta davlatdan iborat: uning asoschilari Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston, shuningdek, 2017 yilda Hindiston va Pokiston a’zo bo‘lgan. 2023 yilda Hindiston SHHTga raislik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Hindiston TIV SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvi 4 iyul kuni virtual formatda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi. 2022 yil 16 sentyabrda Samarqand shahrida Eron Islom Respublikasining SHHTga a’zo davlat maqomini olish maqsadidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolangandi. Joriy yilning mart oyida esa O‘zbekiston Eronning tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha so‘rovini ma’qulladi.
LiveBarchasi