Seulda Prezident idorasiga bostirib kirishga uringan talabalar qo‘lga olindi

Olam

image

Janubiy Koreya politsiyasi Seuldagi Prezident ma’muriyati majmuasiga ruxsatsiz kirishga uringan 20 nafar aktivist talabani hibsga oldi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Qo‘lga olinganlar Koreya universitetlari progressiv ittifoqi a’zolari bo‘lgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ular Yongsan hududidagi majmuaga darvoza va panjara orqali kirishga uringan. Bungacha ular mamlakat birinchi xonimiga nisbatan qimmatli qog‘ozlarni manipulyatsiya qilish ishi bo‘yicha maxsus tergov o‘tkazish talabi bilan norozilik namoyishi o‘tkazgan va ma’muriyat vakillari bilan uchrashishni talab qilgan. Politsiya faollarning niyatlarini aniqlashni rejalashtirmoqda.

Qayd etish joizki, ko‘pchilik o‘rinni muxolifat egallagan Janubiy Koreya parlamenti Prezidentning rafiqasiga nisbatan tergov o‘tkazish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qilgan, biroq davlat rahbari unga veto qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida Koreya Respublikasi huquq-tartibot idoralari mamlakat Prezidenti Yun Sok Yolning qaynonasi – Chxve In Sunni hisobdagi qoldiq bo‘yicha bank hujjatini qalbakilashtirishda ayblab qo‘lga olgandi. Noyabrda mamlakat Oliy sudi Prezidentning qaynonasini aybdor deb topib, buning uchun bir yil qamoq jazosiga ҳукм qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Janubiy Koreya Seul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing