Seul Rossiya Shimoliy Koreyadan qurollar olayotganiga oid “yangi dalillar” borligini e’lon qildi
Olam
−
01 iyun 2024 9797 1 daqiqa
Seul Ukrainadagi mojaroda foydalanish uchun Rossiya Shimoliy Koreya qurollarini noqonuniy olib kirishiga oid “yangi dalillarni” oshkor qildi. Bu haqda Janubiy Koreya Mudofaa vaziri Shin Von Sik Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng yirik xavfsizlik forumi – Shangri-La dialogida so‘z ochdi.
“Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik Koreya yarimorolidagi keskinlikni oshirdi va Yevropadagi jang maydonidagi vaziyatga ta’sir qildi”, dedi Janubiy Koreya Mudofaa vaziri.
Uning aytishicha, Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi qurol savdosi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini ochiqdan-ochiq buzishdir.
“Koreya yarim orolida tinchlik o‘rnatilishi uchun buni darhol to‘xtatish kerak. Agar Shimoliy Koreya Rossiyadan harbiy texnologiyalar olishda davom etsa, Shimoliy Koreyaning odatiy harbiy salohiyatini yaxshilash muqarrar xavfga aylanadi”, dedi Shin Von Sik.
Janubiy Koreyaning o‘z yadro qurolini yaratish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan, vazir Seul Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma salohiyatiga tayanishini aytdi. Shin Von-Sik Shimoliy Koreyaning yadro qurolidan butunlay tozalanishi kerakligini ta’kidlab, "Kuchli AQSH va Janubiy Koreya ittifoqi Shimoliy Koreyaning yadroviy faoliyatiga javob bo‘lishi mumkin"ligini aytdi.