Andijondagi ayanchli YTH qurbonlari soni ortdi
Jamiyat
−
14 fevral 2020
11436Avvalroq, Andijonda Nexia-3 va “ZIL-130” yuk mashinalari to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Yo‘l-transport hodisasi soat 21:00 larda Andijon viloyati Andijon tumani hududida sodir bo‘lgan. Asaka tumanida yashovchi X.M. Nexia-3 rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirib boshqarishi oqibatida, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan 27 yoshli A.N. boshqaruvidagi “ZIL-130” rusumli yuk avtomashinasiga urilgan.
Natijada ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yana ikki nafari shifoxonaga olib ketilgandi.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, shifoxonaga olib ketilgan Nexia-3 avtomobilining yo‘lovchilari ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi