Sergelida buzilayotgan yog‘ochli uylar to‘g‘risida izoh berildi
Jamiyat
−
24 may 2019
4250Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Sergeli tumani hududida joylashagan yog‘och uylarning buzilishiga oid xabarlar tarqalgan edi.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan masala yuzasidan voqea joyiga chiqib, yog‘och uylarning buzilishiga oid masalani o‘rgandi va muddatdan oldin demontaj ishlari boshlanganligi haqidagi ma’lumotga izoh kiritdi.
“5-uy 7-xonadon egasi Usmon Mo‘minovga buzilayotgan 3 xonali uy-joyi o‘rniga umumiy maydoni kattaroq bo‘lgan 28 ta ko‘p qavatli uyning yuqori qavatlaridan xonadonlar taklif etilgan. Biroq, rafiqasi diabet kasaliga yo‘liqqani sababli u pastki qavatlardan 3 xonali uy so‘ramoqda. Ikki kun davomida Mo‘minovlar oilasi o‘zlari tanlagan yangi uyga ko‘chishadi.
22-uy, 6-xonadon egasi Otabek Niyozaliyev eski, yong‘in xavfli yuqori bo‘lgan yog‘och uylardan qulay sharoitli, sifatli, yangi uylarga ko‘chayotganidan xursandligini bildirdi. Lekin unga ko‘chishdan oldin yangi uyga egalik huquqini ta’minlaydigan hujjatni taqdim etishlarini so‘ramoqda. Mas’ullar tez orada bu muammo hal etilishini aytishdi, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Shuningdek, hokimlik tomonidan fuqarolar yashab turgan uyda muddatdan oldin demontaj ishlarini бошлаб yuborgan mutasaddi shaxslarga nisbatan тегишли tartibda chora ko‘rilgan.
Hozirgi kunda yog‘ochli uylarda istiqomat qilgan 32 oiladan 29 tasi qulay, sifatli va maydoni kattaroq bo‘lgan yangi uylarga ko‘chirildi. Yangi qurilgan uylarga ko‘chirilgan 18 nafar xonadon egalarida tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan imzolangan kafolat xati mavjud.
Bir yarim oy muddat ichida ushbu oilalarga ham mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi” deyiladi xabarda.