Sergeli metrosini yil oxirigacha ishga tushirish rejalashtirilyapti
Jamiyat
−
26 noyabr 2020
4048Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishining Olmazor bekatidan yangi qurilgan Sergeli metro liniyasining so‘nggi bekatigacha test rejimida poyezd harakati amalga oshirildi.
“O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida ma’lum qilinishicha, test rejimidagi poyezd harakati natijasida po‘lat izlar tayyor ekani tasdiqlangan.
Bugungi kunda yangi Sergeli metro yo‘nalishida yakuniy qurilish montaj ishlari olib borilmoqda. Metro liniyasi joriy yilning oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, Toshkent shahridagi Sergeli tumanida qurilayotgan yer ustki metrosida temir-beton konstruksiya ishlari 100 foiz bajarilgani haqida xabar bergan edik.
Tumandagi yangi “Sergeli” yer ustki metro liniyasi “Choshtepa”, “Toshkent xalqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob”, “Qipchoq” bekatlaridan iborat. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘nalish bir kunda 35 ming yo‘lovchiga xizmat qiladi.
LiveBarchasi