Serdar Berdimuhamedov qator amaldorlarni ishdan bo‘shatdi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 7 fevral kuni hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida o‘ziga bo‘ysunuvchi amaldorlarning hisobotlarini tinglab, bir qator mansabdorlarni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublikaning Iqtisodiyot va moliya vaziri Serdar Jo‘rayev 2024 yilda o‘z idorasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etgan. U davlat byudjeti ijrosi, investitsiyalar o‘zlashtirilishi va Milliy qishloq dasturi amalga oshirilishi haqida ma’lumot bergan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, davlatning asosiy moliyaviy rejasi daromadlar bo‘yicha 105,9 foiz, xarajatlar bo‘yicha esa 99,9 foiz bajarilgan.

Yig‘ilish davomida Prezident Jo‘rayevni vazir lavozimidan bo‘shatib, uning o‘rniga Mammedguli Astangulovni – ishdan olingan rahbarning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan shaxsni tayinlagan. Serdar Berdimuhamedov kadrlar almashinuvi sabablarini ochiqlamagan.

To‘qayev Adliya vazirini almashtirdi north_east

To‘qayev Adliya vazirini almashtirdi

Hukumat yig‘ilishida Bosh vazirning madaniyat va ommaviy axborot vositalari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mahridjemal Mammedova ham chiqish qilgan. U Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar, ijodiy tanlovlar natijalari, shuningdek, davlat rahbari va uning otasi Gurbanguli Berdimuhamedov kitoblari taqdimotlari haqida hisobot bergan. 

Hisobotni tinglagan Prezident Mammedovani ishdan bo‘shatib, uning o‘rniga Bahor Sayidovani tayinlagan. Sayidova bunga qadar Mejlisning (parlament) Fan, ta’lim, madaniyat va yoshlar siyosati bo‘yicha qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. Berdimuhamedov nega bu qarorni qabul qilganini izohlab o‘tirmagan.

Ahal viloyati hokimi Sultonmurod Soltanmurodov ham lavozimidan ozod qilingan. Uning o‘rniga Toyg‘uli Nurmurodov hokim etib tayinlangan. Ushbu o‘zgarish ham hech qanday izohsiz, o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobot ortidan amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Mudofaa vaziri lavozimida o‘zgarish amalga oshirib, Bosh prokurorni almashtirish taklifini parlamentning yuqori palatasiga taqdim etgandi. Prezident farmoni va hukumat qarori asosida Tojikiston Mudofaa vazirligi rahbarligiga Imomali Sobirzoda tayinlangan. Ushbu lavozimdagi sobiq rahbar Sherali Mirzo esa Davlat sirlarini himoya qilish bo‘yicha bosh boshqarmaning boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov Mammedguli Astangulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing