To‘qayev Adliya vazirini almashtirdi

Olam

image

Bugun, 9 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Azamat Yesqarayevni Adliya vaziri lavozimidan ozod qilib, uning o‘rniga Yerlan Sarsembayevni tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Yerlan Jaqsiliqovich Sarsembayev 1975 yili Olmota viloyatida tug‘ilgan. 1997 yilda Olmota Energetika va aloqa institutini radioinjener ixtisosligi bo‘yicha, 2000 yilda esa D.A. Kunayev nomidagi Gumanitar universitetini yurist ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.

1998-2002 yillarda Qozog‘iston mudofaa vazirligi xalqaro harbiy hamkorlik departamentida, shuningdek, xalqaro shartnomalar bo‘limi boshlig‘i va boshqa lavozimlarda xizmat qilgan. 2002-2005 yillarda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining apparatida qonunchilik va huquq tartiboti bo‘limi muhokamasida konsultant va sektor boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2005-2011 yillarda Qozog‘iston Senatining apparatida ishlab, xalqaro ishlar, xavfsizlik va harbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘limlar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash va ijtimoiy-madaniy rivojlanish bo‘limlariga rahbarlik qilgan. 2011-2016 yillarda Qozog‘istonning Milliy xavfsizlik qo‘mitasida yuridik departament boshlig‘i va rahbar o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.

2016-2022 yillarda Senat apparatida ijtimoiy-madaniy rivojlanish va fan bilan bog‘liq bo‘limlar, shuningdek, xalqaro aloqalar, xavfsizlik va harbiy faoliyat bo‘limiga rahbarlik qilgan. 2023-2024 yillarda Qozog‘iston Konstitutsiyaviy Sudi sudyasi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 

Hozircha Azamat Yesqarayevning lavozimdan ozod qilinish sabablari oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, To‘qayev Bosh vazir o‘rinbosari – Milliy iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlab kelgan Nurlan Baybazarovni lavozimidan ozod qilib, uning o‘rniga Serik Jumangarinni tayinlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Adliya vaziri Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing