Serdar Berdimuhamedov o‘g‘li bilan Umra ziyoratini ado qildi
Olam
−
02 iyun 2022
11479Kecha, 1 iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Umra (kichik haj) ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga ikki kunlik tashrifini boshladi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar berdi.
Bu Serdar Berdimuhamedovning Turkmaniston Prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin birinchi xorijiy tashrifidir. Uni otasi, Xalq Maslahati Milliy Gengeshi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, parlament raisi, mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosarlari va muftiylar kutib oldi.
Jidda aeroportida davlat rahbarini Makka viloyati gubernatori va Saudiya Arabistoni podshohi maslahatchisi Xolid bin Faysal al-Saud kutib oldi. Saudiya Arabistonining SPA axborot agentligi chop etgan suratlarga qaraganda, Serdar Berdimuhamedovga safarda o‘g‘li Kerimguli hamrohlik qilgan.
Turkmaniston Prezidenti va delegatsiya a’zolari masjidga borib, u yerda namoz o‘qib, so‘ng Umra uchun zaruriy marosimlarni ado etgan. Prezident Serdar Berdimuhamedovga teperrik (Ka’bapo‘shdan parcha) sovg‘a qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Turkmanistonning sobiq Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham Umra ziyoratini ado qilgan. Unga ham teperrik sovg‘a qilishgan. “Arqadag‘” butun Turkmaniston xalqini unga ta’zim qilishga majburlagan.
LiveBarchasi