Serbiyada ham “xorijiy agentlar” haqidagi qonun qabul qilinishi mumkin
Olam
−
04 dekabr
1026Kecha, 3 dekabr kuni “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasi Serbiya parlamentiga (Assambleyasi) rahbari Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Vulin bo‘lgan hukumatparast Sotsialistik harakat deputatlari tomonidan taqdim etildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Hujjatdan kelib chiqadiki, “xorijiy manbalardan moliyalashtiriladigan siyosat bilan shug‘ullanayotgan barcha tashkilotlar va shaxslar ro‘yxatga olinadi va ular har bir nashrda xorijiy agent sifatidagi maqomini ko‘rsatishi shart”.
Qonunni buzganlik uchun ayrim faoliyat turlari taqiqlanadi, jinoiy jazo yoki 5 ming dinordan (konvertatsiya qilingan: 576 ming so‘m) 2 million dinorgacha (230 mln so‘m) jarima solinadi.
Qayd etish joiz, Aleksandr Vulin Serbiya hukumatidagi BRICS davlatlari bilan hamkorlikni nazorat qiladi. Shu bilan birga, u muntazam ravishda Rossiyaga tashrif buyuradi. 2023 yildan beri u "Bolqondagi Rossiya faoliyatini targ‘ib qilgani" uchun AQSH tomonidan qabul qilingan sanksiyalarga duchor bo‘ldi.
TV Pink telekanaliga bergan intervyusida Vulin, uning harakati tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi Amerikaning xorijiy agentlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonunining (FARA) o‘xshashi bo‘lib, “nohukumat tashkilotlarni chet eldan moliyalashtirishni taqiqlovchi” ekanligini aytdi. Ayni paytda, muxolifat buni Rossiya yoki Gruziyaning “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunlariga ko‘proq o‘xshash deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gruziyada 1 avgust kuni “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirgan va bu mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgandi. Keyinchalik Turkiya hukumati ham yaqin orada qabul qilinishi rejalashtirilgan xorijiy ta’sirga qarshi kurashish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlagani xabar qilindi.
LiveBarchasi