Serbiya TIV norozi: Jokovichning muxlislari namoyish o‘tkazdi

Sport

jokovich

Kecha, 6 yanvar kuni tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirlarining 20 karra chempioni Novak Jokovichning otasi Serjan Jokovich mojaro hal etilmagan taqdirda, tennischining butun oilasi va muxlislari Serbiya ko‘chalariga chiqishini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng, kechga yaqin Belgrad ko‘chalarida olomon paydo bo‘la boshladi.

Qo‘shimchasiga, Serbiya Tashqi ishlar vazirligi Avstraliya elchisi Daniyel Emeriga dunyoning birinchi raqamli raketka ustasining Melburndagi yashash sharoiti yuzasidan norozilik bildirdi.

TIV shtat kotibi Nemanya Starovich Avstraliya elchisining yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha sud qarorini kutayotgan sportchining yashash sharoitini yaxshilash uchun harakat qilishiga umid bog‘lamoqda.

“Serbiya jamoatchiligida Novak Jokovich siyosiy o‘yin qurboni bo‘lgan va uni tahqirlash uchun Avstraliyaga jalb qilingan, degan aniq taassurot bor. Jokovich jinoyatchi, terrorchi yoki noqonuniy muhojir emas, lekin Avstraliya rasmiylari unga shunday munosabatda bo‘lishdi va shu sababdan uning muxlislari hamda Serbiya fuqarolarining g‘azabiga sabab bo‘ldi”, deydi Starovich.

Eslatib o‘tamiz, Jokovich vizani rasmiylashtirish bilan bog‘liq xatolik tufayli qo‘lga olgan edi. Shundan so‘ng u mamlakatga turistik viza bo‘yicha kirishga urinib ko‘rdi. Biroq Novakning koronavirusga qarshi emlashdan tibbiy ozod etilgani bunga yo‘l qo‘ymadi. Tennischi olti soatdan ko‘proq vaqt davomida aeroportning alohida hududida politsiya nazorati ostida bo‘lgan. Shundan so‘ng, mehmonxonaga joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, Novak Jokovich joriy yilning 17-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan “Australian open” turnirida ishtirok etish uchun Melburnga kelgan edi. Novak ushbu turnirda eng ko‘p, 9 marta g‘alaba qozongan.

Shundan so‘ng, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich tennischi bilan bog‘langani va uni himoya qilishga tayyor ekanini aytib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jokovich Avstraliya open Serbiya TIV

Baholaganlar

25

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing