Sensatsion kun yoxud mundial o‘ziga o‘xshay boshladi

Sport

image

22 noyabr kuni Qatar mebzonlik qilayotgan Jahon chempionatida yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. "C" va "D" guruhlari vakillari ham dastlabki tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.

"C" guruhi

1-turdan so‘ng Argentina guruhda oxirgi, Saudiya Arabistoni esa 1-o‘rinda turishini hech kim tasavvur qilmagan bo‘lsa kerak. Osiyo jamoasi nafaqat ochkolari, balki to‘plar nisbati bo‘yicha ham guruhda peshqadamlikni qo‘liga oldi. 

Argentinani mag‘lub etgani uchun Saudiya terma jamoasi futbolchilariga 2,5 million yevrodan pul mukofoti berildi. Shuningdek, bugun, 23 noyabr mamlakatda dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Uchrashuvdan so‘ng darhol Argentinaning "Ole" nashri Maradona vatandoshlarining to‘rt ochko bilan pley-offga chiqish imkoniyatini o‘rganib chiqdi. JCH-2018da aynan shunday bo‘lgandi – Argentina Xorvatiyaga yutqazdi, Nigeriyani mag‘lub etdi va Islandiya bilan durang o‘ynadi. O‘shanda Janubiy Amerika terma jamoasi atigi to‘rt ochko bilan 1/8 finalga chiqqan edi.

Bu guruhdan qaysi jamoa pley-offga chiqishini aytish juda qiyin. Nazariy jihatdan argentinaliklarga to‘rt ochko yetarli bo‘lmasligi ham mumkin. Misol uchun, Argentina Meksika bilan durang o‘ynab, Polsha ustidan g‘alaba qozonsa, Meksika 2-turda Polsha bilan to‘qnash keladigan Saudiyani mag‘lub etsa, Osiyo jamoasida olti, Lotin Amerikasi jamoasida besh, Konkakaf kubogi g‘olibida esa to‘rt ochko bo‘ladi. Ammo Argentina Meksikani ham, Polshani ham mag‘lub etsa, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi kafolatlanadi.

26 noyabr

Polsha – Saudiya Arabistoni;

Argentina – Meksika.

30 noyabr

Polsha – Argentina;

Saudiya Arabistoni – Meksika.

"D" guruhi

Amaldagi jahon chempionlari uchun Qatardagi debyut juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Fransiya terma jamoasi Avstraliyani ishonchli hisobda mag‘lub etib, guruhda peshqadamlik qo‘liga oldi. Agar keyingi bosqichda Dide Desham jamoasi daniyaliklarni mag‘lub etsa, 1/8 final yo‘llanmasini naqd qiladi. 

Daniyaning holati esa murakkablashdi, lekin ular 2-turda raqib jamoalarning natijasini bilib, o‘yinga kirishadi. Agar Tunis Avstraliyani mag‘lub etsa, skandinaviyaliklar uchun vaziyat sezilarli darajada qiyin ko‘rinish oladi. Yana bir qiziqarli variant bor. Agar 2-turda Tunis va Daniya terma jamoalari g‘alaba qozonsa, amaldagi jahon chempionlari jadvalning uchinchi pog‘onasidan joy olishadi.

26 noyabr

13:00. Tunis – Avstraliya;

19:00. Fransiya – Daniya.

30 noyabr

18:00. Tunis – Fransiya;

18:00. Avstraliya – Daniya.


Maqola muallifi

Teglar

messi Qatar2022

Baholaganlar

198

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing