“Senlar ro‘za tutvolib, sipo bo‘lib yurasanlar”. Koson hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayev ro‘zador fermerlarning og‘zini majburan ochtirgani aytilmoqda. Bu haqda “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook'dagi sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayev qishloq xo‘jaligidagi muammolar haqida g‘azab bilan nutq so‘zlagan.

“Senlar ro‘za tutvolib, sipo bo‘lib yurasanlar. Ishni kim qiladi?”, deya ro‘zadorlarni suv ichishga majbur qilgan hokim.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Koson tumani hokimining xizmat mashinasi piyodani urib yuborishi oqibatida vafot etgandi. Shundan so‘ng, ushbu yo‘l-transport hodisasiga hokimning birinchi o‘rinbosarini olib yuruvchi haydovchi aybdor ekani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Koson ro'zadorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing