Senator Mir-Akbar Rahmonqulov vafot etdi

Jamiyat

image

Prezident huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, senator Rahmonqulov Mir-Akbar Xoji-Akbarovich 74 yoshida vafot etdi.

Mir-Akbar Xoji-Akbarovich Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Xavfsizlik kengashi kotibi, Davlat maslahatchisi sifatida ham ishlagan.

Ma’lumot uchun, yuridik fanlari doktori, professor Mir-Akbar Xodji-Akbarovich 1998 yilda “II darajali Shon-sharaf” ordeni, 2002 yilda “O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘mitasining birinchi kotibi Qallibek Kamalov vafot etgandi. Keyinchalik, uning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

professor Mir-Akbar Rahmonqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing