Talaba professorga pichoq bilan hujum qildi (video)
Olam
−
22 dekabr 19341 1 daqiqa
Kecha, 21 dekabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalaridan birida universitet talabasi professorlardan biriga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda “Sputnik Qozog‘iston” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa universitet hududida yuz bergani aytilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatda oddiy oshxona pichog‘idan foydalanilgan.
Qozog‘iston Ichki ishlar organlari voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan. Dastlab gumonlanuvchi qidiruvda ekani aytilgan bo‘lsa, keyinchalik u qo‘lga olingani va hozirda hibsda saqlanayotgani tasdiqlangan.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Shuningdek, hujum sabablari, talaba va jabrlangan professor o‘rtasidagi munosabatlar, shu bilan birga, hodisaning boshqa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Rasmiy manbalar hozircha jabrlangan professorning ahvoli haqida ma’lumot bermagan. Xususan, rasmiy idoralar tergov yakunlangach, qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 26 yoshli erkak ikki kishini pichoqlagandi.
Live
Barchasi