Senat Rossiyada norozilik uyushtirgan o‘zbekistonlik migrantlarga yordam berayotgani aytildi

Jamiyat

image

Avvalroq Rossiya poytaxti Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar ommaviy norozilik harakati uyushtirgandi. O‘zbekmston Oliy Majlisi Senati ushbu holat yuzasidan munosabat bildirildi. 

Qayd etilishicha, holat komissiya tomonidan nazoratga olingan va bu borada zarur choralar ko‘rilib, xorijdagi o‘zbekistonliklarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, har bir ma’lumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi.

Ta’kidlanishicha, 2022 yilda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 14 ming nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 271 ming nafariga maslahat xizmatlari, 20 ming nafariga ijtimoiy yordam, 3,8 ming nafariga esa moddiy yordam ko‘rsatilib, 1,4 ming nafar shaxsga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan.

“Aziz yurtdoshlar, agar siz majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish, ish haqini o‘z vaqtida bermaslik bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz 1176 hamda 1092 raqamli ishonch telefonlari hamda dmi.mehnat.uz sayti orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Senat migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing