Senat Denov tumani Kengashining tadbirkor yerini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorini qonunga zid deb, bekor qildi

Jamiyat

image

Kecha, 29 may kuni Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida Surxondaryo viloyati Denov tumani Kengashining qarorining qonuniyligi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kelib tushgan murojaatlar asosida xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 2020 yil 19 noyabrdagi “Tumanda shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan, yer ijara shartnomasiga qisman o‘zgartirish kiritilayotgan, yangidan tashkil qilinayotgan va qo‘shimcha yer maydoni olayotgan fermer xo‘jaliklarining faoliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi 123/25-06-sonli qarorining qonuniyligi Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Qaror bilan tumandagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi “DENOV AGRO-PILLA” MCHJning Xazorbog‘, Oxunboboyev, G‘alaba, O‘zbekiston hududlaridagi 114,23 gektar yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgan.

Xususan, Qarorning 2-bandida tumandagi 9 ta paxta va g‘allachilik fermer xo‘jaligi bilan tuman hokimligi o‘rtasida tuzilgan uzoq muddatli yer ijara shartnomasi bekor qilinishi, 5-bandida qator fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomalariga o‘zgartirish kiritilayotgan fermer xo‘jaliklari soni tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

Ammo amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va boshqa tadbirkorlik sub’ektlari hamda hokimlik o‘rtasidagi shartnomaviy huquqiy munosabatlarga aralashish vakolati mavjud emas.

Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga muvofiq agar Fuqarolik kodeksida, boshqa qonunlarda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.

Qayd etilganidek, Yer kodeksining 24-moddasiga hamda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga ko‘ra yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi.

Ushbu masala bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlarga asosan Oliy Majlis Senati Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Denov tumani Kengashining 2020 yil 19 noyabrdagi “Tumanda shartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan, yer ijara shartnomasiga qisman o‘zgartirish kiritilayotgan, yangidan tashkil qilinayotgan va qo‘shimcha yer maydoni olayotgan fermer xo‘jaliklarining faoliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori qonunchilikka zid deb topib, uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat er Denov

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing