Senat AQSH-Meksika chegarasidagi noqonuniy migratsiyaga qarshi 20,23 millard ajratmoqchi

Olam

image

AQSH Senati tomonidan Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatish, shuningdek, AQSH-Meksika chegarasi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha taqdim etilgan paketli bitimlarda 20,23 milliard dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Buni Kongressning yuqori palatasi tomonidan belgilangan ehtiyojlar uchun qo‘shimcha byudjet xarajatlari to‘g‘risida tayyorlangan qonun loyihasi matni tasdiqlaydi. Hujjatni kecha, 4 fevral kuni Senatning mablag‘lar qo‘mitasi raisi Pet Myurrey e’lon qildi.

“118,28 milliard dollarlik qo‘shimcha milliy xavfsizlik xarajatlari paketi mavjud operatsion ehtiyojlarni qondirish va mamlakatimiz chegaralarida imkoniyatlarni kengaytirish, paketga kiritilgan yangi chegara siyosatini qo‘llab-quvvatlash va fentanil hamda boshqa giyohvand moddalar oqimini to‘xtatish uchun 20,23 milliard dollarni o‘z ichiga oladi”, deyilgan matnda. 

Tashabbus chegarani noqonuniy kesib o‘tgan xorijliklar soni ma’lum darajaga yetsa, migrantlar uchun samarali tarzda chegarani yopish mexanizmini o‘z ichiga oladi.  

“Noqonuniy muhojirlar tomonidan chegarani kesib o‘tishlarning o‘rtacha soni bir hafta ichida kuniga 4000 dan 5000 gacha bo‘lsa, favqulodda chegara vakolatlari qo‘llanilishi mumkin va agar yetti kunlik o‘rtacha miqdor 5000 dan oshsa, chaqirilishi kerak”, deyiladi qonun loyihasida. 

Senatorlar, shuningdek, muhojirlarning boshpana olishini qiyinlashtirishni taklif qilgan. 

Biroq Vakillar palatasida Oq uy ishtirokida senatorlar tomonidan kelishilgan qonun loyihasi taqdiri noaniq. Qolaversa, Kongress quyi palatasida ko‘pchilikni tashkil qiluvchi AQSHning muxolif Respublikachilar partiyasi qonunchilari qonun loyihasini hozirgi ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlamaydi, deb gumon qilish uchun barcha asoslar bor. Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Mayk Jonson yaqinda aynan shu nuqtai nazardan gapirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing