Saylovdan so‘ng, AQSH-Rossiya munosabatlarining yaxshilanishi nolga teng – siyosatshunos

Olam

image

Vashingtonning Moskvaga nisbatan siyosati AQSHdagi Prezident saylovlaridan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi va ikki tomonlama aloqalarni yaxshilash imkoniyati "deyarli nolga teng". Bunday fikrni Sirakuza universiteti (Nyu-York) siyosatshunosi Brayan Teylor bildirib o‘tdi.

"Men Prezidentlik saylovlaridan so‘ng, AQSH-Rossiya munosabatlarida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini kutmayapman. Qo‘shma Shtatlarning amaldagi Prezidenti Donald Trampning Oq uyda bo‘lgan 4 yil davomida qilgan barcha bayonotlariga qaramay, ushbu munosabatlarda juda oz narsa o‘zgardi. Qurol nazorati kabi sohalarda munosabatlar yomonlashdi. Jozef Bayden saylovda g‘olib chiqsa, u Rossiya bilan munosabatlarning yaxshilanishini ko‘p hollarda kutmasligini allaqachon bildirgan. Faqat Bayden boshchiligidagi qurollarni nazorat qilish sohasida, ayniqsa, strategik hujum qurollarini yanada kamaytirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish masalasida ijobiy tomonga o‘zgartirishlar bo‘lishi mumkin”, dedi u.

Siyosatshunos Ukrainadagi vaziyatga to‘xtalib o‘tar ekan, "AQSHda ushbu mojaro uchun javobgarlik, birinchi navbatda, Rossiyada ekanligi to‘g‘risida ikki tomonlama konsensus mavjud"ligini ta’kidlab o‘tgan.

Uning fikriga ko‘ra, Rossiya siyosatining o‘zgarishi AQSH-Rossiya munosabatlaridagi katta o‘zgarishlar uchun rag‘bat paydo bo‘lishi uchun zarurdir. "Diplomatik usullar bilan qanday maqsadlarga erishish mumkinligi haqidagi nuanslarda ba’zi farqlar bo‘lishi mumkin, ammo Rossiya siyosatini o‘zgartirmasa, munosabatlarni yaxshilash imkoniyati deyarli nolga teng", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda Prezidentlik saylovlari ertaga, 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

82

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing