Saylov komissiyasi qaroridan norozilar sudga shikoyat qilishi mumkin – Oliy sud raisi

Jamiyat

Kecha, 24-oktyabr kuni O‘zbekiston hayotida eng muhim siyosiy jarayon Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Bugun, 25 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi saylovning dastlabki natijalarini e’lon qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, fuqarolar Saylov komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Belgilangan tartibga ko‘ra, fuqarolar qaror qabul qilinganidan keyin 5 kun ichida yozma va elektron shaklda, shuningdek chet davlatda turib ham murojaat qilishiga va sudlarning axborot tizimi orqali darhol ro‘yxatga olinishi uchun sharoit va imkoniyatlar mavjud. Bu haqda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov MSKda tashkil etilgan brifingda ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bunday tartib albatta kuzatuvchilarga ham taaluqli bo‘lib, ular ham sudlarga ariza yoki shikoyatlarni umumiy tartibda berishlari mumkin.

Oliy sud raisining ma’lum qilishicha, hozirgacha Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan saylovda jami saylovchilarning 16 million 36 ming 914 nafari yoki 80,8 foizi o‘z ovozini bergan.


Maqola muallifi

Teglar

MSK

Baholaganlar

101

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing