Savdo qoidalarini buzgan tadbirkorlarni javobgarlikka tortish bekor qilinishi mumkin
Jamiyat
−
31 mart 2023
7033O‘zbekistonda savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni yumshatish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyihaga muvofiq, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdorda (bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari) buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatish taklif etilmoqda.
Jazo tariqasida quyidagi miqdorlarda jarima belgilash nazarda tutilmoqda:
fuqarolarga – BHMning 200 baravari;
mansabdor shaxslarga – BHMning 300 baravari.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yilning avgust oyidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilish va ularni javobgarlikka tortish masalasida qator o‘zgarishlar bo‘lishini aytgan edi.
LiveBarchasi