Saudiya klubi Ramosga kosmik taklif tayyorlamoqda
Sport
−
31 mart 2023 4643 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi PSJning ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramosga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Cadena Ser” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi futbolchiga yiliga 30 million yevro to‘lashga tayyor. Shu bilan birga, saudiyaliklar taklifni soliqlardan keyin 50 millionga oshirishi mumkin. Futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi, shuning uchun u boshqa klubga tekinga o‘tishi mumkin.
Ramos PSJda 2021 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. “Transfermarkt” portali uning qiymatini 6 million yevroga baholamoqda.
37 yoshli futbolchi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi